cTrader platformasida Smart Stop Out qanday ishlaydi?

cTrader platformasida Stop Out darajasining 2 turi mavjuddir - Fair Stop Out va Smart Stop Out.

Fair Stop Out MetaTrader 4/5 platformalarda Stop Out darajasidagi ishlov berish algoritmiga o‘xshash logika bo‘yicha ishlaydi. Unga erishishda platforma boshqa ochilgan pozitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Marja Darajasini (Margin Level) oshirish uchun eng katta qo‘llaniluvchi marja (garov) bilan pozitsiyalarni yopishni boshlaydi.

Smart Stop Out ishlashida terminal joriy Stop Out darajasidan ozgina balandroq Marja Darajasini qo‘llab-quvvatlash uchun garovning eng katta o‘lchami bilan faqat pozitsiyalarning qismini yopadi.

cTraderda Smart Stop Outning ishlash misoli

Eʼtibor bering, ushbu misolda spred va/yoki broker komissiyalari hisobga olinmaydi.

Berilgan:

Hisob balansi: 500 USD.
Hisob ekviti: 500 USD.
Hisob yelkasi: 1:500
Smart Stop Out: 50%.
Margin Level: 100%.
Ochiq pozitsiya №1: Buy 200 000 USDJPY.
Ochiq pozitsiya №2: Buy 50 000 USDJPY.

USDJPY narxi 10 banddan ortig‘iga tushib ketgan vaqtda, Margin Level 50%ga pastroqqa kamayadi va Smart Stop Out funksiyasi faollashtiriladi.

Hisob-kitob:

250 000 USDJPY uchun band kattaligi: 2 500 JPY (24,67 USD).
Bandlardagi zarar: 10,2.
Amalga oshirilmagan daromad/zarar: 24,67 USD * 10,2 = 251,63 USD.
Ekviti: 500,00 USD - 251,63 USD = 248,37 USD.
Margin Level: 248,37 USD / 500,00 USD * 100% = 49,7%.

Misoldan ko‘rinib turgandek, hisobning Margin Level Smart Stop Out darajasidan pastroqqa tushib ketdi. cTrader platformasi marjaning zaruriy miqdorini bo‘shatish uchun pozitsiyalardan eng yirigini (Pozitsiya №1) qisman yopadi.

200 000 USDJPY hajmdagi pozitsiya 2 000 USDJPYni sotish yo‘li bilan 198 000 USDJPYga takomillashtirilgan bo‘ladi.

Hisob-kitob:

2 000 USDJPY uchun band kattaligi: 0,1973 USD.
Bandlardagi zarar: 10,2.
Zarar qiymati: 0,1973 USD * 10,2 = 2,01 USD.
Amalga oshirilmagan daromad/zarar: 251,63 USD - 2,01 USD = 249,62 USD.
248 000 USDJPY uchun qo‘llanilgan marja: 496,00 USD.

Olingan zarar hisobiga hisob Balansi va Ekviti quyidagi tarzda o‘zgaradi:

Balans: 500,00 USD - 2,01 USD = 497,99 USD.
Ekviti: 497,99 USD - 249,62 USD = 248,37 USD.
Margin Level: 248,37 USD / 496,00 USD * 100% = 50,1%.

Smart Stop Out funksiyasi ishlashi natijasida hisobning marja Darajasi savdo hisobining umumiy Balansiga minimal taʼsir bilan 50,1%gacha oshdi.