Nima uchun pozitsiyani ochishga urinishda "Mablag‘lar yetarli emas" xabari paydo bo‘lmoqda?

"Mablag‘lar yetarli emas" xabari sizning hisobingizda istalgan hajmda pozitsiyalarni ochish uchun marjinal taʼminot (marja, garov) yetarli emasligi haqida tushuncha beradi.

Bunday vaziyatda nima qilish kerak?

  1. Hisobni to‘ldiring yoki erkin mablag‘larning qiymatini oshirish uchun mablag‘larni boshqa akkauntdan o‘tkazing.
  2. Ochilayotgan pozitsiyaning hajmini kamaytiring.
  3. Hisobda ochilgan boshqa pozitsiyalarni yoping.

Pozitsiyani ochish uchun qanday garov talab etilishini qanday bilish mumkin?

Garovni o‘lchamini aniqlashning eng oddiy usuli - treyder Kalkulyatoridan foydalanishdir, uni siz bizning saytimizning muvofiq sahifasida topasiz.

Shuningdek, siz hisoblash formulasidan foydalanishingiz mumkin:

<Garov (marja)> = <Kontrakt o‘lchami> / <Kredit yelka>