Xavfsizlik siyosati

RoboForex Ltd faoliyati nafaqat biznes-sohada xizmatlarni ko‘rsatishdan iborat, balki har bir mijozning maxfiyligini va to‘liq maʼlumot xavfsizligini taʼminlashdan iboratdir. Ushbu qoida nafaqat kompaniyaning mavjud mijozlariga tarqaladi, balki uning barcha sobiq va bo‘lajak mijozlariga ham tarqaladi.

Maʼlumotlarni kim to‘playdi?

RoboForex Ltd - 000138/7 raqamli litsenziya ostida FSC tomonidan tartiblashtiriluvchi xalqaro brokerdir.

Kompaniya foydalanuvchilar haqida shaxsiy, xatti-harakat va boshqa turdagi maʼlumotlarni to‘playdi, bunga siz bizning barcha veb-maydonchalarimizga: https://roboforex.com, https://www.copyfx.comhttps://stockstrader.roboforex.com, hamda ularning til versiyalariga va kichik domenlariga tashrif buyurishdan avval o‘z rozilingizni berishingiz kerak. Ushbu holatlarning har birida mijoz maʼlumotlar to‘planishi va unga ishlov berilishi haqida xabardor qilinadi, hamda undan kompaniya tomonidan ushbu xatti-harakatlar amalga oshirilishiga rozilik so‘raladi.

Bizning xodimlarimiz sizning faoliyatingiz haqida to‘playdigan har qanday maʼlumotlar faqat statistik tahlilda qo‘llaniladi. Ushbu maʼlumotlarning hisobga olinishi xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, mijozlarni RoboForexning yangi xizmatlari va mahsulotlari haqida o‘z vaqtida xabardor qilish, hamda amalga oshiriluvchi tranzaksiyalarni maqbullashtirishga qaratilgan.

Biz maʼlumotlarning qaysi turlarini to‘playmiz?

Biz shaxsiy maʼlumotlarning quyidagi turlarini o‘z ichiga oluvchi (ammo faqat ular bilan chegaralanmagan) maʼlumotlarni to‘plashimiz, saqlashimiz va qo‘llashimiz mumkin.

Identifikatsiya maʼlumotlari: sizning FIO, foydalanuvchi ismi (nikneym) yoki raqamli tasvir, sana va tug‘ilgan sana, jins, yashash mamlakati va fuqarolik formatida sizning shaxsingizni tasdiqlovchi veb-maydonlarimizda siz tomondan qo‘llaniluvchi boshqa identifikator.

Kontakt maʼlumotlar: sizning yashash joyingizni manzili, shu jumladan uning raqamli tasvir formatida tasdiqlanishi, sizning telefon raqamingiz, elektron pochta manzilingiz.

Kasbingiz va bandligingiz haqidagi maʼlumotlar: maʼlumot darajangiz, joriy ish joyingiz, kompaniya-ish beruvchi nomlanishi, online-savdo tajribangiz, online-savdo va u bilan bog‘liq bo‘lgan xavflar haqida bilimlar, jumladan barcha yuqorida sanab o‘tilganlarni tasdiqlash.

Moliyaviy va soliq maʼlumotlari: yillik va oylik daromad, soliqlar to‘langandan keyin daromad qiymati. STIR va soliq soluvchi mamlakat, bank hisobining raqami va bank yozishmalari, bank kartalarining raqamlari va sizning ularga egalik qilishingizni tasdiqlanishi, sizning elektron hamyonlaringiz haqida maʼlumotlar, mablag‘lar manbalari.

Texnik maʼlumotlar: sizning IP-manzilingiz va joylashish joyi, brauzer versiyasi va turi, qo‘llaniluvchi qurilma modeli va turi, operatsion tizim va bizning saytlarga tashrif buyurish uchun siz tomondan qo‘llaniluvchi qurilmalarning xarakteristikalari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa maʼlumotlar.

Xatti-harakat maʼlumotlari: bizning saytlarda sizning xatti-harakatlaringiz bilan bog‘liq bo‘lgan barcha maʼlumotlar, shu jumladan, havolalarga bosishlar, yuklab olishlar, skrollar va hokazo.

Marketing maʼlumotlari: bizdan marketing va reklama maʼlumotlarni olishga rozilik, hamda sizga xabarlarning jo‘natilish kanali turi, jumladan muloqot qilish o‘zining tili.

Cookies to‘plash va qo‘llash siyosati

Cookies o‘zi bilan trafikni hisobga olish (tashrif buyuruvchilar soni) uchun veb-saytlar qo‘llaydigan maʼlumotli fayllarni taqdim etadi. Veb-saytning serveridan ko‘rsatilgan maʼlumotlar saytga birinchi tashrif buyurishda sizning kompyuteringizdagi yoki mobil qurilmangizdagi qattiq diskda vaqtinchalik saqlanadi, bu takroriy murojaat qilishda sizni brauzeringizni tanib olishga imkon beradi. Saytimiz tomonidan cookies qo‘llanilishiga nisbatan siz qilayotgan tanlov "cookie_notification" parametrida saqlanadi.

RoboForex Ltd mijozlardagi eng ommabop servislarni aniqlash uchun va kompaniya saytlarida tashrif buyuruvchilarning faolligini o‘lchash uchun cookiesni qo‘llaydi. Cookiesni qo‘llab, biz, shuningdek, eng talabgor reklama eʼlonlarini identifikatsiya qilamiz va potensial mijozlar uchun mo‘ljallangan resurslarning jozibadorligini baholaymiz.

Biz cookiesning qanday turlaridan foydalanamiz?

Sessiyali cookies: cookies ushbu turi faqat bizning veb-saytimizdagi sessiya davrida (yaʼni, siz saytdan foydalanayotgan vaqtingizda) va brauzerning darchasi yopilish (sahifadan ketish) paytigacha saqlanib qoladi.

Tahliliy cookies: cookies ushbu turi siz bizning saytning instrumentlaridan qanday foydalanayotganligingiz haqidagi xatti-harakat maʼlumotlarini to‘playdi, va uni bizning tahliliy dasturiy taʼminotning umumiy maʼlumotlar bazasiga yuboradi, u yerda u 6 oygacha saqlanadi. Ushbu maʼlumotlar sizni ismingizni, E-mailni yoki boshqa shaxsiy maʼlumotlarni saqlamaydi, shu bilan u anonim hisoblanadi. Biz uni o‘z saytimizning sahifalarida foydalanuvchilarning faolligini kuzatib turish uchun qo‘llaymiz, bu o‘zimizning barcha internet-maydonchalarimizni maqbullashtirishda, hamda ehtimolli baglarni va xatoliklarni bartaraf qilishda ularning afzalliklarini hisobga olish imkonini beradi.

Promo-cookies: cookies ushbu turi foydalanuvchilarning bizning kompaniyaga taalluqli bo‘lmagan resurslarga tashrif buyurayotgan paytda saytimizning foydalanuvchilariga relevant reklama eʼlonlarini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Promo-cookies o‘z ichiga bizning reklama hamkorlarimizga tegishli bo‘lgan uchinchi shaxslarning cookieslarini kiritishi mumkin.

Afzallik va funksionallik cookies: cookies ushbu turi saytimizni qo‘llashda sizni afzalliklaringizni, jumladan ko‘rishning tanlangan tili va sizib chiquvchi darchalarni ko‘rsatish bo‘yicha opsiyalarni sozlamalarini aniqlaydi va qayd qiladi.

Cookies o‘z sozlamalari bilan qanday boshqariladi

Siz brauzeringizni sozlamalari yordamida bizning saytga tashrif buyurishda kompyuteringizga qo‘shilgan cookieslarni o‘chirib yuborishingiz mumkin. Eng ommabop brauzerlarda cookiesni boshqarish bo‘yicha yo‘riqnomani siz quyidagi havolalar bo‘yicha topishingiz mumkin:

Iltimos, siz cookiesning o‘chirib yuborilishi dalili brauzeringizda bizning va boshqa internet-saytlarning to‘g‘ri faoliyat yuritishiga taʼsir etishi mumkinligini to‘liq anglab yetishingizga ishonch hosil qiling.

Biz sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni nima uchun to‘playmiz va ularga ishlov beramiz?

Shaxsiy maʼlumotlarni to‘plashning asosiy sabablari va maqsadlari quyida tavsiflangan:

Mijoz bitimi bo‘yicha majburiyatlar: sizni mijoz sifatida rasmiylashtirish uchun biz amaldagi Mijoz bitimi bilan muvofiqlikda sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni so‘rashimiz va ularni tekshirishimiz kerak.

Huquqiy majburiyatlar: RoboForex moliyaviy tashkilotlarga nisbatan qo‘llaniluvchi bir qator qonunlarga bo‘ysunadi (masalan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida Qonun, soliq solinishi to‘g‘risida Qonun va shunga o‘xshashlar). Ushbu qonunchilik hujjatlari va deriktivalar ularning qonun-qoidalarida sanab o‘tilgan shaxsiy maʼlumotlarni to‘plash va saqlash majburiyatini kompaniya zimmasiga yuklaydi.

Shikoyatlarni ko‘rib chiqish: shikoyat kiritilishiga olib kelgan holatlarni tergov qilish uchun, biz siz tergov olib borilguniga qadar taqdim etgan maʼlumotlarni qo‘llashimiz mumkin.

Maʼlumotlar tahlili: biz saytimiz foydalanuvchilari va obunachilarining afzalliklarini hisobga olish va ularga relevant kontentni taqdim etish uchun ular haqidagi sifatli va miqdoriy xatti-harakat maʼlumotlarini to‘plash uchun turlicha instrumentlarni qo‘llaymiz.

Marketing maqsadlari: agar siz bizning marketing va kommunikatsiya materiallarimizni olishga o‘z roziligingizni bergan bo‘lsangiz, biz o‘z mahsulotlarimiz, xizmatlarimiz va bo‘lajak tadbirlar haqida maʼlumotlarni sizga jo‘natish uchun sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni qo‘llashni boshlaymiz.

Huquqiy xabarnomalar: qonunchilikka binoan biz o‘z mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni taqdim etish yoki qo‘llash shartlarida o‘zgarishlar haqida, hamda amaldagi Bitimlardagi o‘zgarishlar haqida sizni xabardor qilib borishimiz shartdir. Buning uchun biz sizning baʼzi shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanamiz.

YeI/YeIZ mamlakatlaridan mijozlarning shaxsiy maʼlumotlarini to‘plashning asosiy sabablari va maqsadlari "Terms of Personal Data Processing" hujjatida tavsiflangan.

Biz sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni kimlarga oshkor qilishimiz mumkin?

Kompaniya quyidagi shaxslarga so‘ralayotgan hajmda va yuqorida tavsiflangan sabablar bo‘yicha sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni oshkor qilish huquqini o‘zida qoldiradi:

  • Begona marketing va reklama provayderlariga.
  • Sheriklarga va affilangan kompaniyalarga.
  • Auditorlarga va kontragentlarga.
  • Begona xizmat provayderlariga.
  • Davlat tuzilmalariga.
  • Siz tomondan shaxsan tasdiqlangan har qanday shaxslarga.

Sizga shuni maʼlum qilamizki, kompaniya bilan muvofiq bitimga ega bo‘lmagan hech qaysi begona tashkilotga yoki har qanday boshqa tashkilotga hech qachon hech qanday shaxsiy maʼlumotlar oshkor etilmaydi.

Yevropa iqtisodiy zonadan tashqariga maʼlumotlarni uzatish

RoboForex YeI/YeIZ mamlakatlaridan mijozlarning shaxsiy maʼlumotlarini Yevropa iqtisodiy zonadan tashqariga jo‘natmaydi.

YeI/YeIZ mamlakatlaridan mijozlarning o‘zlarining shaxsiy maʼlumotlariga nisbatan huquqlari

Qonunchilikka binoan siz biz to‘playdigan va ishlov beradigan o‘zingizni shaxsiy maʼlumotlaringizga nisbatan quyidagi huquqlarga egasiz:

1. Biz aynan nimaga ishlov berayotganimiz haqida aniqlik kiritib, sizning shaxsiy maʼlumotlaringizga ishlov berishimiz dalili haqida xabardor qilingan bo‘lishlik huquqi.

2. O‘zingizni shaxsiy maʼlumotlaringizga kirish mavjudligiga huquq.

3. O‘zingizni shaxsiy maʼlumotlaringizga, agar ular noto‘g‘ri yoki dolzarbligini yo‘qotgan holatda, ularga tuzatishlar kiritish huquqi.

4. Sizning hujjatli asoslangan so‘rovingizdan keyin bizning serverlardan sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni o‘chirib yuborishga huquq.

5. Sizning shaxsiy maʼlumotlaringizga ishlov berishga taqiq huquqi (ushbu taqiq o‘z ichiga maʼlumotlarni saqlashni kiritmaydi).

6. Maʼlumotlarning ixchamligiga huquq. Baʼzi holatlarda siz mashinada o‘qiladigan formatda bizda saqlanuvchi o‘zingizni barcha shaxsiy maʼlumotlaringizni olish huquqiga egasiz.

7. Sizning shaxsiy maʼlumotlaringizga ishlov berish dalilini bahslashishga huquq.

8. O‘z ichiga profillashtirishni oluvchi qarorlarni avtomatlashtirilgan qabul qilinishi tizimida ishtirok etishdan voz kechish huquqi, agar mazkur voz kechish siz va RoboForex o‘rtasidagi shartnomani bajarish uchun to‘sqinlik bo‘lib hisoblanmasa.

O‘z mijozlarining huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lib, kompaniya sizga shuni maʼlum qiladiki, siz yuqorida sanab o‘tilgan huquqlardan foydalanishingiz mumkin, agar ular jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida Qonunga, terroristik tashkilotlarni moliyalashtirilishini taqiqlash to‘g‘risida Qonunga, hisobotlarni saqlash bo‘yicha kompaniyaning majburiyatlari va hokazo kabi turlicha qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasa.

Maʼlumotlarni muhofaza qilish bo‘yicha menejer (Data Protection Officer)

Sizning barcha huquqlaringizni amalga oshirish uchun, hamda RoboForex tomonidan to‘planuvchi sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni himoyalash bo‘yicha so‘rovlar va shikoyatlarni jo‘natish uchun, iltimos, birinchi navbatda dpo@roboforex.com manzilga bizning maʼlumotlarni muhofaza qilish bo‘yicha Menejerimizga murojaat qiling.