Stop-buyruq qanday ishlaydi?

Stop-buyruq (Stop-order) shart hisoblanib, unga erishishda platforma tomonidan muvofiq Market- yoki Limit-order generatsiya qilinadi.

Stop-buyruqlarning 2 turi mavjud:

  1. Stop Loss, Buy Stop, Sell Stop. Aktiv narxi ushbu orderlarda darajaga yetgan vaqtda, aktivni xarid qilish/sotishga (Buy Stop, Sell Stop) yoki zararlarni cheklash maqsadida pozitsiyaning yopilishiga (Stop Loss) Market-order generatsiya qilinadi.
  2. Stop-Limit. O‘zida Stop- va Limit-orderlarni xususiyatlarini birlashtiruvchi order. Aktiv narxi ushbu buyruqda o‘rnatilgan darajaga (Stop) erishgan vaqtda uni yaratishda treyder tomonidan oldindan belgilangan narx bo‘yicha Limit-order generatsiya qilinadi.