RoboForex: 2024-yil 26-fevralda Walmart aksiyalarining bo'linishi bo'yicha muhim ma'lumot

23.02.2024 / 13:27

Hurmatli Mijozlar va Hamkorlar,

2024-yil 26-fevralda Walmart aksiyalari bo'linadi. Aksiyalar spliti - bu korporativ harakat bo'lib, natijada kompaniya chiqargan aksiyalar soni ayni bir koeffitsientga oshadi va har bir aksiyaning narxi osha koeffitsientga kamayadi.

Walmart 3 ga 1 aksiyalar splitini amalga oshiradi (1 ta aksiya 3 ga bo'linadi).

Bu pozitsiyalar va orderlarga qanday ta'sir qiladi?

Agar sizda Walmart aksiyalari bo'yicha ochiq pozitsiyalar mavjud bo'lsa yoki siz shunaqa pozitsiyalarni ochmoqchi bo'lsangiz, 2024-yil 26-fevralda kuchga kiradigan ushbu o'zgarishlarga e'tibor bering:

MetaTrader 4/MetaTrader 5 hisoblari

Split amaliyoti 26-fevral kuni bo'lib o'tadi va AQSh birja sessiyasi boshlanishidan oldin 16:30 (server vaqti) da tugaydi.

  • WMT'dagi barcha kutilayotgan orderlar (Buy Limit, Buy Stop, Sell Limit, Sell Stop, Buy Stop Limit, Sell Stop Limit, Stop Loss va Take Profit) bekor qilinadi.

  • WMT'dagi pozitsiyalar uchun ochilish narxi 3 ga bo'linadi.

  • WMT'dagi har bir ochiq pozitsiyaning hajmi 3 ga ko'paytiriladi.

E'tibor bering: Agar siz maslahatchi (EA) dan foydalanayotgan bo'lsangiz, aksiya bo'linishidan keyin narx ma'lumotlarini to'g'ri talqin qilish uchun uning kodiga biron bir o'zgartirish kerakmi yoki yo'qligini aniqlash uchun uning ishlab chiquvchilariga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.

R StocksTrader hisoblari

Split amaliyoti 26-fevral kuni bo'lib o'tadi va AQSh birja sessiyasi boshlanishidan oldin 16:30 (server vaqti) da tugaydi.

  • Split protsedurasi davomida WMT va WMT.ny-dagi barcha faol kutilayotgan orderlar (Buy Limit, Sell Limit, Stop Loss va Take Profit) bekor qilinadi.

  • Splitdan oldin ochilgan WMT va WMT.ny dagi pozitsiyalar uchun ochilish narxi 3 ga bo'linadi.

  • WMT va WMT.ny dagi barcha ochiq pozitsiyalar hajmi 3 ga ko'paytiriladi.

  • Bir yo'nalishdagi va bitta hisobdagi ushbu vositalarning har qandayidagi barcha pozitsiyalar bitta yangi pozitsiyaga birlashtiriladi. Ushbu yangi pozitsiya bo'linishdan oldin mavjud bo'lgan barcha pozitsiyalarning o'rtacha vaznli narxiga asoslangan ochilish narxi va hajmiga ega bo'ladi.

Savdo terminalingizdagi tarixiy jadvallar yuqorida qayd etilgan vositalarning yangi narxlarini aks ettirish uchun yangilanadi.

Savdo shartlarining boshqa barcha jihatlari o'zgarishsiz qoladi. Savdo faoliyatingizni rejalashtirishda ushbu ma'lumotni hisobga oling.

Hurmat bilan,
RoboForex Jamoasi