VPS apparatli konfiguratsiyasi

  • CPU

    1 Core

  • RAM

    1 Gb

  • Disk hajmi

    30Gb HDD

  • Operatsion tizimi

    Windows Server
    2019

  • VPSga kirish

    RDP

VPS-serverni qanday ulash mumkin?

  • RoboForexda ro‘yxatdan o‘ting
    va o‘z akkauntingizni verifikatsiya qiling.

  • Sizning hisobingizda kamida 300 USD borligiga ishonch hosil qiling, shunday keyin Shaxsiy kabinetingizdagi “Sizning VPS2.0 serveringiz” bo‘limida buyurtma qoldiring.

  • Elektron pochtangizda VPS-serveringiz uchun IP-manzil, login va parol bo‘lgan xatni oching, unda avtorizatsiyalaning va istalgan joydan,
    istalgan vaqtda sarmoyalar kiriting!

Batafsil shartlari

  • Servis bepul, lekin savdo hisobida mablag‘lar (Equity) darajasi 300 USDdan (yoki boshqa valyutadagi ekvivalentidan) ortiq bo‘lganida erishimli bo‘ladi.

  • Servisdan foydalanish uchun mijoz kalendar oyi mobaynida o‘z hisobilarida kamida 3ta standart lotlarning savdo aylanmasini amalga oshirishi kerak. CFD-vositalar bo‘yicha, jumladan US aksiyalarga  CFD bo‘yicha savdo aylanmasi hisobga olinmaydi.

  • Aylanma yetarlicha bo‘lmaganida mijoz 5 USD abonent to‘lovi hisobiga “VPS-server” xizmatidan foydalanishi mumkin. Xizmatga haq to‘lash uchun Shaxsiy kabinetdagi “Sizning VPS 2.0 serveringiz” sahifasida “Uzaytirish” yoki “Avtomatik tarzda uzaytirish” opsiyasini tanlash zarur. Bo‘lgusi oyga xizmat uchun to‘lovlar har bir yakunlovchi oyning 25-chi sanasida mijozning USD-hamyonidan chegiriladi. Agar ushbu paytda mijozning Hamyonidagi summa xizmatga haq to‘lash uchun yetarlicha bo‘lmasa, oyning oxirgi kunida takroran chegirishga uriniladi. To‘lov qilish uchun zarur bo‘lgan summa yo‘q bo‘lsa, xizmat keyingi oyning 1-chi sanasida o‘chiriladi.

  • Agar VPS-serverga kirish ruxsati joriy oyning 15-chi sanasida olingan bo‘lsa, savdo aylanmasini hisoblash keyingi kalendar oyning 1-chi sanasidan boshlab amalga  oshiriladi.

  • Mijozning savdo hisoblarida kalendar oyi mobaynida zarur aylanma bo‘lmaganida VPS-server o‘chiriladi. Takroran ulanish uchun nafaqat 300 USD miqdorida Mablag‘lar (Equity) darajasi bo‘yicha shartlarni, balki vaqt cheklovlarisiz hisobda 3ta lot miqdorida savdo aylanmasi bo‘yicha shartlarni ham bajarish talab etiladi (savdo hajmi xizmat o‘chirilgan oydan boshlab hisobga olinadi va keyingi oyda davom ettiriladi).

  • Biz faqat RoboForex brendining savdo serverlariga va saytlariga rikish imkoniyatini taqdim etamiz, qolgan barcha resurslar erishimli bo‘lmaydi. Biroq, sizda mustaqil ravishda yuklab olib, VPS-serverga ishlash uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minotni o‘rnatish imkoniyati bor.

  • Mijoz administrator tomonidan unga berilgan parol orqali VPS-serverga to‘liq kirish imkoniyatini oladi. Keyingi o‘rinlarda servis bilan ishlash natijalari uchun barcha javobgarlik mijozning zimmasiga yuklatiladi.

  • VPS-server hamkorlik hisoblarida erishimli emas va faqat mijozlarning oddiy savdo hisoblarida qo‘llanilishi mumkin.

  • RoboForex o‘z ixtiyoriga ko‘ra “VPS-server” xizmatini taqdim qilishni rad etish huquqini o‘zida qoldiradi.