Iqtisodiy kalendar

Iqtisodiy kalendarning o‘zi nima?

Iqtisodiy kalendar - bu foydali instrument bo‘lib, unda moliyaviy sohaning bo‘lajak tadbirlari haqidagi dolzarb maʼlumotlar taqdim etilgan. Iqtisodiy yangiliklar kalendaridan maʼlumotlar treyderga moliayviy bozorlardagi holatni o‘rganishda va ushbu asosda o‘zining savdo rejalarini tuzishda yordam beradi.

RoboForexning Moliyaviy kalendarida iqtisodiy sohaning barcha ahamiyatli tadbirlari: kompaniyalarning yangi hisobotlari, narxlarning indekslari va moliyaviy indikatorlar, inflyatsiya va ishsizlikning so‘nggi ko‘rsatkichlari, moliya sohasining yetakchi idoralarini rahbarlarining chiqishlarining sanalari va vaqti, hamda treyderga ishlashda foydali bo‘ladigan boshqa muhim maʼlumotlar ko‘rsatib o‘tilgan.

Soat mintaqasini aniqlashtirish

Yangiliklar kalendari qanday o‘qiladi?

Treyderlar fundamental tahlil uchun instrument sifatida Moliyaviy kalendardan foydalanadi. Mazkur blokda siz qanday o‘qish kerakligini bilib olasiz

Iqtisodiy kalendar va undan kengaytirilgan rejimda qanday foydalaniladi.

Shaxsiy savdoning natijakorligini oshirish uchun Yangiliklar kalendaridan qanday foydalaniladi:

  1. O‘zingiz joylashgan soat mintaqasini tanlash bilan Iqtisodiy kalendar bilan ishlashni boshlang. Uning sharofati bilan yangiliklar chiqishining ko‘rsatilgan vaqti sizning mintaqangizni vaqtiga muvofiq keladi.
  2. Bundan so‘ng, o‘zingiz maʼlumotlarni olishni istagan vaqt oralig‘ini tanlang: RoboForex Moliya kalendarida o‘tib borayotgan yoki keyingi hafta uchun yangiliklar erishimlidir.
  3. Agar siz iqtisodiy yangiliklarni bir mamlakatdan yoki mamlakatlar ro‘yxatidan olishni istasangiz, "Kengaytirilgan filtrlar" opsiyasidan foydalaning. U yerda siz yangiliklarning manba-mamlakatini va vaqtning ancha aniq bo‘lagini ko‘rsatishingiz mumkin.
  4. Iqtisodiy kalendarning biron bir tadbirlari haqida tafsilotlarni bilib olish uchun, tanlangan banddan o‘ng tomonda otib chiqariluvchi menyuga bosing - shunday qilib siz uning batafsil tasvifini olasiz.
  5. RoboForex o‘z mijozlari uchun maksimal qulay sharoitlarni taqdim etishga intiladi, shuning uchun Moliya kalendarining foydali materiallariga kirish oddiy va qulaydir.

Iqtisodiy kalendar nima uchun kerak?

Iqtisodiy kalendar treyderlarga savdo qilishni boshlagunga qadar yaqin vaqtda valyutalar kursi qaysi yo‘nalishda o‘zgarishini prognozlashtirishga yordam beradi. Aynan Yangiliklar kalendari yordamida treyderlar bozorning umumiy holati haqida tasavvurlarni shakllantirishi va unda barcha potensial imkoniyatlarni ko‘rishlari mumkin.

Moliyaviy bozorlar ko‘pchilik omillarning taʼsiriga duch keladi, ularning orasida asosiy bo‘lib - muhim iqtisodiy yangiliklarni nashr qilish hisoblanadi. Baʼzi treyderlar aynan sohani rivojlantirish uchun ahamiyatli yangiliklar yoki statistikaning chiqishi vaqtida savdo qilishga intiladi. Iqtisodiy kalendardan maʼlumotlarning to‘g‘ri talqin qilinishi holatida ular qo‘shimcha daromadni olishlari mumkin. Boshqa chayqovchilar, aksincha, yuqori volatillik va bunday davrlarda narxlarning o‘zgarishini bashorat etilishini munosabati bilan yangiliklar nashr etilishi paytida moliyaviy bozorlarda savdo qilishdan saqlanishni afzal ko‘radi.

Tanlangan yondashuvga bog‘liq bo‘lmagan holda, treyderlarga moliya dunyosining yangi statistik maʼlumotlarini va uning muhim yangiliklarini kuzatib borish zarur bo‘ladi. Bunda ularga RoboForex Iqtisodiy kalendari yordam berishi mumkin, u yerda barcha ahamiyatli tadbirlar haqida dolzarb maʼlumotlar taqdim etilgan.