Meta Stock xarid qilish misoli:
1. Tanlovni muayyan bir aksiyada to‘xtating
Sizni Meta aksiyalari bilan savdo qilish qiziqtirmoqda. Instrumentning joriy narxi: 116,88/117,03 USD.
2. Sotish yoki xarid qilish
Siz 117,03 taklif etilgan narx bo‘yicha 50ta aksiyalarni xarid qilishga qaror qildingiz, chunki, bozor o‘sib boradi deb taxmin qilmoqdasiz (siz, shuningdek, agar bozor "tushib ketsa" deb hisoblasangiz 116,88 narx bo‘yicha aksiyalarni sotish imkoniyatiga ham egasiz).
3. Komissiya va marjinal taʼminot
Ushbu misolda xarid qilish ko‘rib chiqiladi, shuning uchun sizning pozitsiyangizni umumiy o‘lchami 117,03dan 50ta aksiya = 5 851,50 USDni tashkil qiladi.
Komissiya: bir aksiya uchun 0,015 USD, minimal komissiya = 1,5 USD. Shunday qilib, pozitsiyani ochish uchun komissiya = 1,5 USD.
Meta aksiyalari uchun marjinal taʼminot 5%ni tashkil qiladi, va ushbu bitimni amalga oshirish uchun siz hisobingizda 5 851,50 * 5% = 292,57 USD (yoki ularning boshqa valyutadagi ekvivalentiga) ega bo‘lishingiz zarur bo‘ladi.
4. Yopilgan bitimlar
Kun davomida bozor o‘sib boradi va Meta aksiyalariga narx ham 132,52/132,67 USDgacha ko‘tariladi. Siz bitimni taklif etilgan narx - 132,52 bo‘yicha yopishga qaror qilasiz. Pozitsiyani yopish uchun komissiya = 1,5 USD.
5. Daromadlarni/xarajatlarni hisoblash
Bizning savdo platformamizda profitni hisoblashning 2 turi qo‘llaniladi.
Birinchi turi Aksiyalar, ularga ETF va CFD pozitsiyalar uchun qo‘llaniladi.
Hisoblash formulasi:
“Qisqa” pozitsiya (Sotish)
(<Pozitsiyani ochish narxi> * <Pozitsiya hajmi> - <Yopilish narxi yoki dolzarb narx> * <Pozitsiya hajmi>) + <Qo‘shimcha xarajatlar>
“Uzun” pozitsiya (Xarid qilish)
(<Yopilish narxi yoki dolzarb narx> * <Pozitsiya hajmi> - <Pozitsiyani ochish narxi> * <Pozitsiya hajmi>) + <Qo‘shimcha xarajatlar>
Misol:
Twitter: 100 aksiya, “uzun” pozitsiya, ochish narxi: 22,00 USD, dolzarb narx: 26,00 USD, komissiya: - 1,50 USD, svop: 0,49 USD.
(26,00 * 100 - 22,00 * 100) + (-1,50 - 0,49) = 398,01 USD
Profit hisoblashning Ikkinchi turi barcha instrumentlardagi pozitsiyalarga nisbatan qo‘llaniladi, Aksiyalar, ularga ETF va CFD bundan mustasno.
Hisoblash formulasi:
“Qisqa” pozitsiya (Sotish)
(<Pozitsiyani ochish narxi> - <Yopish narxi yoki dolzarb narx>) * <Pozitsiya hajmi> + <Qo‘shimcha xarajatlar>
“Uzun” pozitsiya (Xarid qilish)
(<Yopish narxi yoki dolzarb narx> - <Pozitsiyani ochish narxi>) * <Pozitsiya hajmi> + <Qo‘shimcha xarajatlar>
Eʼtibor bering, haqiqiy aksiyalar bilan savdo qilish Afg‘oniston, Bosniya va Gersegovina, Vanuata, Venesuela, Gayana, Kongo Demokratik Respublikasi, Iroq, Eron, Yemen, Kuba, Laos, Liviya, Shimoliy Koreya, Suriya, Somali, Uganda va Markaziy Afrika Respublikasidan mijozlarga erishimli emas.