Shaxsiy maʼlumotlar verifikatsiyasidan o‘tmagan mijozlar uchun pasaytirilgan limitlar amal qiladi.
Bonusli qo‘shib hisoblashlar mijozning hisobidagi barcha faol Bonuslarning qiymati bilan belgilanadi.
Shaxsiy mablag‘lar biron bir cheklovlarsiz savdo qilishda mijoz tomonidan qo‘llanilishi mumkin. Bonusli mablag‘lar "yutqazishda" qo‘llanilishi mumkin emas - ular hisobdagi Mablag‘lar (Equity) faol Bonuslarning qiymatidan kam bo‘lib qolganida hisobdan chegirib qolinadi.
Misol
Siz hisobingizni 5 000 USD ga to‘ldirdingiz va 2 500 USDga teng bo‘lgan 50% Bonusni oldingiz. Agar Mablag‘lar (Equity) 2 500 USDdan kam bo‘lib qolgan holatda, Bonus hisobdan chegirib qolinadi.
<Chiqarishga erishimli daromad> = <Erkin mablag‘lar> - <Faol Bonuslar qiymati> - <Bonuslar qo‘shib hisoblangan depozitlarning qiymati>
Misol
Siz 5 000 USDga hisobni to‘ldirdingiz va 2 500 USD o‘lchamda Bonus (depozitga 50%) oldingiz. Bonus qo‘shib hisoblangan paytdan boshlab yopilgan bitimlar bo‘yicha natija 250 USDni tashkil qildi (bunda sizda hisobda ochilgan bitimlar yo‘q). Bonus dasturining qoidalari bo‘yicha siz olingan Bonusdan kechmasdan 250 USDdan ortiq bo‘lmagan mablag‘ni (sizni daromadingiz) hisobdan chiqarishingiz mumkin.
<Lotlar soni> = <Bonus qiymati USDda *> / 2
* - Hisobni boshqa valyutada to‘ldirish holatida USDda ayirboshlash kompaniyaning ichki kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Misol
Siz MT4 Pro turidagi hisobga 300 USD Bonus oldingiz. Uni yechib olish uchun, sizga 300 USD / 2 = 150 lotlar savdo aylanmasini amalga oshirish zarur bo‘ladi (savdo aylanmasi yopilgan bitimlar bo‘yicha hisobga olinadi). 1 standart lot = ProCent hisob uchun 100 lotlar.
Aksiya shartlarining ajralmas qismi bo‘lib RoboForexning Bonusni qo‘shib hisoblashda rad etish yoki oldindan xabardor qilmasdan va sabablarni tushuntirmasdan mijozning hisobidan barcha hisoblangan bonuslarni chegirib qolish huquqi hisoblanishiga eʼtiboringizni qaratamiz.
Siz hisobingizni 1 000 USDga to‘ldirdingiz va 200 USD (20%) Bonusni oldingiz. Umumiy balans 1 200 USDni tashkil qiladi. Hisobdan hozircha hech narsani chiqarib olish mumkin emas, chunki Bonus qiymati ham, hisobni to‘ldirish qiymati ham bloklangan.
Siz savdo amaliyotlarini o‘tkazdingiz va 500 USD daromad oldingiz. Agar Bonusga ishlov berilmagan bo‘lsa, u holda chiqarish uchun erishimli qiymat 500 USDni tashkil qiladi.
Agar siz Bonusni bekor qilayotgan bo‘lsangiz, chiqarib olishga 1 000 USD hisobni to‘ldirish qiymati va 500 USD daromad erishimli bo‘ladi.
Siz hisobingizni 1 000 USDga to‘ldirdingiz va 500 USD (50%) Bonusni oldingiz. Umumiy balans 1 500 USDni tashkil qiladi. Hisobdan hozircha hech narsani chiqarib olish mumkin emas, chunki Bonus qiymati ham, hisobni to‘ldirish qiymati ham bloklangan.
Savdo amaliyotlarini o‘tkazish natijasida siz 300 USD o‘lchamda salbiy profit (ziyonni) olasiz. Sizning balansingiz 1 200 USDni tashkil qiladi. Bonusni bekor qilish holatida u to‘liq o‘lchamda (500 USD) chegirib qolinadi va siz hisobdan 700 USDni yechib olishingiz mumkin bo‘ladi.