Men Kabinetni yuridik shaxs nomiga ro‘yxatdan o‘tkazishim mumkinmi?

Ha, ochishingiz mumkin. Shaxsiy kabinetni yuridik shaxsga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun, quyidagilar zarur bo‘ladi:

1. Hisob boshqaruvchisining shaxsiy maʼlumotlarini qo‘llab, Shaxsiy kabinetni ro‘yxatdan o‘tkazish.
2. Barcha zaruriy hujjatlarning nusxalarini info@roboforex.com manziliga jo‘natish.

Yuridik shaxslardan talab etiluvchi hujjatlar ro‘yxati:

  • Yuridik shaxsning ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma.
  • Yuridik manzil tayinlanishi to‘g‘risida guvohnoma.
  • Direktor(lar) va kotib(lar)ning FIOsi ko‘rsatilgan maʼlumotnoma.
  • Ustav va kompaniyani tashkil qilish to‘g‘risida Shartnoma.
  • Hisobni ochish va uni boshqaruvini amalga oshiruvchilarga vakolatlarni taqdim etish to‘g‘risida direktorlar Kengashining qarori.
  • Aksiyadorlar tarkibi to‘g‘risida guvohnoma.
  • Ro‘yxatdan o‘tkazish organi tomonidan berilgan yuridik shaxs maqomi to‘g‘risida maʼlumotnoma.
  • Ishonchli boshqaruv yoki mulkdorlik huquqi to‘g‘risida shartnoma nusxasi (zarurat tug‘ilganida).
  • Oxirgi moliya yili uchun taftish hisobotining skan-nusxasi yoki mablag‘larning kelib chiqish manbasini tasdiqlovchi shunga o‘xshash hujjatlar.
  • Quyidagi shaxslarning barchalariga hujjatlar:
    • Direktor(-lar.
    • Aksionerlar.
    • Yakuniy benefitsiarlar.
    • Hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar.

Eʼtibor bering:

Jismoniy shaxsga ro‘yxatdan o‘tkazilgan oldin jismoniy shaxsdan hisobni to‘ldirish amalga oshirilgan Shaxsiy kabinetning mavjudligida, unga bog‘langan hisobni "Korporativ hisob" maqomiga o‘tkazish imkoni yo‘q. Iltimos, yuridik shaxsga yangi Shaxsiy kabinet oching va undan yangi talabnomani kiriting.

Agar to‘g‘ri/bevosita va asosiy aksiyador boshqa shaxs hisoblangan holatda, kompaniyaga aksiyador tuzilmasini va aksiyadorlar-benefitsiarlar va/yoki yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar asosida boshqa yuridik shaxsni boshqaruvchi jismoniy shaxslarning shaxsini tekshirish zarur bo‘ladi.

Asliyat bilan bir qatorda barcha hujjatlar ingliz tilidagi notarial tasdiqlangan tarjimaga ega bo‘lishi kerak.