R StocksTrader platformasi tomonidan qanday komissiyalar chegirib qolinadi?

Bitimlar uchun komissiya

Komissiya bitim amalga oshirilganda chegirib qolinadi, yaʼni u har qanday pozitsiyani ochishga, uni yopishga yoki hajmini o‘zgartirishga buyruq uchun chegirib qolinadi. Mazkur komissiya pozitsiya natijasiga qo‘shiladi. Bitim uchun dolzarb komissiya yangi order yoki tezkor savdo darchasida, hamda tarixda aks ettiriladi.

Svop

Bu keyingi savdo sessiyasiga kredit yelkani qo‘llash bilan ochilgan pozitsiyani o‘tkazish uchun to‘lovdir. Mazkur komissiya pozitsiya natijasiga qo‘shiladi. Yelka intrumentlar va hisob turiga bog‘liq holda pozitsiyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Sizning hisobingizdagi aniq instrument uchun qo‘llaniluvchi dolzarb yelkani sizni savdo platformangizdagi "Kontraktlar tasniflanishi"da ko‘rish mumkin.

Komissiya o‘lchami doimiy kattalik hisoblanmaydi va mijozni oldindan xabardor qilmasdan o‘zgartirilishi mumkin.

Svop qanday hisoblanadi?
<Yopish narxi> * <Pozitsiya hajmi> * <Svop(%) / 100 / 360

Misol:
Twitter: 100 aksiya, “uzun” pozitsiya, svop: -7%
25 * 100 * (-7%) / 100 / 360 = (-0,49) USD

Baʼzi instrumentlar uchun haftaning muayyan kunida uch tomonlama svop mantig‘i qo‘llaniladi. Uch tomonlama svop kuni har bir instrument uchun "Kontraktlar tasniflanishlari"da ko‘rsatilgan.

Ayirboshlash kursi uchun markap

Aksiyalar, ularga ETF va CFD savdolar bilan bog‘liq bo‘lgan ayirboshlash zarurati tug‘ilganida ayirboshlash kurslariga nisbatan markap qo‘llaniladi. Mablag‘larni ayirboshlashda qo‘llaniluvchi dolzarb markaplar valyuta juftining "Kontraktlar tasniflanishlari"da ko‘rsatilgan.

Kotirovkaga nisbatan markapni qo‘llash uchun quyidagi formulani qo‘llash mumkin:

Markapli Ask kotirovkasi = Ask + (Ask * Markap(%) / 100 / 2)
Markapli Bid kotirovkasi = Bid - (Bid * Markap(%) / 100 / 2)

Bunda pozitsiyani moliyaviy natijasini hisoblash uchun ayirboshlash yakuniy natijasiga emas, balki ekspozitsiya narxini baholashga va qo‘shimcha xarajatlarga nisbatan alohida qo‘llaniladi. Formula quyi tarzdagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

“Qisqa pozitsiya” (Sotish)

((Pozitsiyani ochish narxi * Pozitsiya hajmi) / ayirboshlash kursi - (Yopish narxi yoki dolzarb narx*Pozitsiya hajmi)/ayirboshlash kursi) + qo‘shimcha xarajatlar / ayirboshlash kursi

“Uzun pozitsiya” (Xarid qilish)

<Yopish narxi yoki dolzarb narx> * <Pozitsiya hajmi> / <Ayirboshlash kursi> - <Pozitsiyani ochish narxi> * <Pozitsiya hajmi> / <Ayirboshlash kursi> + <Qo‘shimcha xarajatlar> / <Ayirboshlash kursi>

Misol:

Twitter: 100 aksiya, “uzun” pozitsiya, ochish narxi: 22,00 USD, dolzarb narx: 26,00 USD, komissiya: -1,5 USD, svop: 0 USD, savdo hisobi EURda nominatsiyalangan, markap: 0,5%, pozitsiyani ochish paytiga muvofiq ayirboshlash kursi (EURUSD): 1,11253, muvofiq ayirboshlash kursi (EURUSD), hisoblash paytiga dolzarb: 1,11233.

(26,00 * 100 / 1,11253 - 22 ,00 * 100 / 1,11233) + (-1,5) / 1,11253 = 345,70 EUR