Garovning o‘lchami qanday hisoblanadi?

1. Treyder kalkulyatori yordamida.

2. Formula yordamida.

Garov (marja) ning hisob-kitobi quyidagi formula bo‘yicha amalga oshiriladi:

<Garov (marja)> = <Kontrakt o‘lchami> / <Kredit yelka>

bu yerda:
Kontrakt o‘lchami - savdo instrumentining bazaviy valyutasidagi bitim hajmi (instrument tikeridagi birinchi valyuta). Valyuta juftlari uchun 1 lot kattalikdagi bitim hajmi har doim instrumentning bazaviy valyutasini 100 000 birligiga tengdir.
Kredit yelka - kredit yelka kattaligi.

Misol:

Siz 1 lot hajmida EURUSD xarid qilishga pozitsiyani ochmoqdasiz: Buy 1 lot EURUSD. Hisob valyutasi: EUR. Kredit yelka: 1:100.

<Garov (marja)> = 100 000 / 100 = 1 000 EUR

Agar sizning hisobingizni valyutasi savdo qilinuvchi aktivning bazaviy valyutasidan farqlanayotgan bo‘lsa, u holda garov o‘lchamini pozitsiya ochilishi paytiga kurs bo‘yicha hisob valyutasini qo‘shimcha ayirboshlash kerak.

Misol:

Siz 1 lot hajmida EURUSD xarid qilishga pozitsiyani ochmoqdasiz: Buy 1 lot EURUSD. Hisob valyutasi: USD. Aktivning bazaviy valyutasidagi garov o‘lchami: 1000 EUR. EURUSD joriy kursi: 1,2345.

<Garov (marja)> = 1 000 * 1,2345 = 1 234,50 USD