Verifikatsiya

Verifikatsiya - mijozning shaxsiy maʼlumotlarini hujjatlashtirilgan tasdiqlanishi taomili, u RoboForex savdo hisobini ro‘yxatdan o‘tkazishning ajralmas qismi hisoblanadi. Verifikatsiya jarayoni ko‘pi bilan 2 ish kunini egallaydi.

Verifikatsiyadan o‘tish uchun sizga: o‘z shaxsingizni (pasport verifikatsiyasi) va o‘z yashash joyingiz manzilini (manzilli verifikatsiya) tasdiqlash zarur bo‘ladi.

Bank kartasi va telefon raqamining verifikatsiyasi savdoni boshlash uchun majburiy hisoblanmaydi, ammo RoboForex hisoblarida ishlash jarayonida talab etilishi mumkin.

Verifikatsiyaning barcha turlari haqida foydali maʼlumotlar

Verifikatsiyaning barcha turlari haqida foydali maʼlumotlar

Pasport verifikatsiyasi

Hujjatlar

  • Xalqaro (xorijiy) pasport
    (fotosuratli tarafi)

Uning mavjud bo‘lmasligi holatida:

  • Milliy pasport
    (fotosuratli tarafi)
  • Shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma
  • Yashash guvohnomasi

Talablar

1. Siz o‘z Shaxsiy kabinetingizdagi maxsus shaklda o‘z maʼlumotlaringizni ko‘rsatishingiz va hujjatning raqamli nusxasini ilova qilishingiz kerak.

2. Hujjatni raqamlashtirilishini quyidagilarni qo‘llash bilan amalga oshirish mumkin:

  • Skaner
  • Fotoapparat
  • Veb-kamera
  • Mobil telefon

3. Hujjatning raqamlashtirilgan nusxasida quyidagilar aniq farqlanishi kerak: sizning to‘liv ismingiz, fotosurat, hujjatning seriyasi va raqami, tug‘ilgan sana, hujjat kim va qachon berilgan, uning amal qilish muddati.

4. Kompaniyaga jo‘natish paytiga amal qilish muddati 3 oydan kamini tashkil qiluvchi hujjat verifikatsiyadan o‘tishga qabul qilinmaydi.  

5. Verifikatsiyaga talabnomani kiritish shakliga hujjatdan tasvirlar bilan to‘rttagacha fayllar ilova qilinishi mumkin.

6. Fayllarning qo‘llab turiluvchi formati - bmp, gif, jpg, jpeg, pdf, png, o‘lchami- 4 096 Kbgacha.

7. Hujjatlarning rangli va oq-qora tasvirlari qabul qilinadi.

8. Grafik redaktorda tuzatish kiritilgan hujjat tasvirlari qabul qilinmaydi.

9. Agar qo‘shimcha grafik belgilarni (masalan, "RoboForex uchun") kiritish zarurati bor bo‘lsa, buni hujjatdan bo‘sh maydonga uni joylashtirib (hujjatning o‘zidagi barcha maʼlumotlar aniq ko‘rinib turishi kerak), qog‘ozning alohida varrag‘ida qilinishi mumkin.


Yo‘riqnomalar

Shaxsiy kabinetda shaklni to‘ldirmasdan mobil telefon yordamida verifikatsiyadan qanday o‘tiladi

Veb-kamera yordamida hujjatni qanday to‘g‘ri fotosuratga olish mumkin

Pasport verifikatsiyasidan o‘tish

Eʼtibor bering, kompaniya qasddan soxta maʼlumotlar taqdim etilishida sizga xizmat ko‘rsatishni rad etish huquqiga ega (Mijoz kelishuvining 2.3-bandi).

Bank kartasi verifikatsiyasiYig‘ib qo‘yishManzilli verifikatsiya 

Manzilli verifikatsiya

Hujjatlar

O‘zingiz yashab turgan joy manzilini tasdiqlash uchun siz quyida sanab o‘tilgan hujjatlarning BIRON BIRINI taqdim etishingiz mumkin, agar u 6 oydan "katta" bo‘lmasa (istisnolar ro‘yxatini Talablarning 4-bandida qarang).

MDH davlatlaridan bo'lgan mijozlarga: ro‘yxatdan o‘tish/pasportdagi ro‘yxatdan o‘tish.

Ko‘chmas mulk: mulkchilik to‘g‘risida guvohnoma, ipoteka to‘g‘risida guvohnoma, egalik to‘g‘risida guvohnoma, ijara shartnomasi.

Kommunal servislar: Turar-joy kommunal xo‘jalik maʼlumotnomasi (7 yoki 9-shakllar bo‘yicha), elektr energiyasi, suv taʼminoti, statsionar telefon yoki gaz taʼminoti uchun hisoblar, Turar-joy kommunal xo‘jalik tizimining boshqaruvchi kompaniyalari va boshqa muassasalaridan xatlar/xabarnomalar, qo‘riqlash tizimlarining xizmatlarini to‘lash uchun hisoblar, mobil telefon uchun hisoblar, televideniye uchun hisob.

Siz, shuningdek, nikoh tuzilganligi to‘g‘risida guvohnomani taqdim etish shartida o‘z turmush o‘rtog‘ingizni nomiga kommunal xizmatlarni to‘lash haqida hisoblarni taqdim etishingiz mumkin.

Davlat namunasidagi hujjatlar

Bank servislari: amaldagi bank hisobidan ko‘chirma, to‘lov (debet yoki kredit) kartasini qo‘llanilishi haqida hisobot.


Talablar

1. Siz o‘z Shaxsiy kabinetingizdagi maxsus shaklda o‘z maʼlumotlaringizni ko‘rsatishingiz va hujjatning raqamli nusxasini ilova qilishingiz kerak.

2. Hujjatni raqamlashtirilishini quyidagilarni qo‘llash bilan amalga oshirish mumkin:

  • Skaner
  • Fotoapparat
  • Veb-kamera
  • Mobil telefon

3. Hujjatning raqamlashtirilgan nusxasida quyidagilar aniq farqlanishi kerak: sizning to‘liv ismingiz, joriy yashash joyi manzili va hujjatni tuzish sanasi.

4. Hujjat 6 oydan "katta" bo‘lmasligi kerak. RoboForex Ltd mijozlari uchun istisnolar: amaldagi ijara shartnomasi, haydovchilik guvohnomasi (unda manzil mavjudligida), ro‘yxatdan o‘tish.

5. Hujjat uni bergan tashkilotning imzosi va muhriga ega bo‘lishi kerak (turar joy kommunal xizmatlarni to‘lashga kvitansiyalar uchun shtrix-kodning mavjudligi yetarli bo‘ladi), yoki firma blankasida rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.

6. Verifikatsiyaga talabnomani kiritish shakliga hujjatdan tasvir bilan ikki faylgacha ilova qilish mumkin.

7. Fayllarning qo‘llab turiluvchi formati - bmp, gif, jpg, jpeg, pdf, png, o‘lchami- 4 096 Kbgacha.

8. Manzilli verifikatsiya uchun taqdim etilgan hujjat verifikatsiyani maʼqullash paytidan bir yil davomida yoki o‘zining amal qilishi yakunlanishi muddatigacha amal qiladi.

9. Hujjatlarning rangli va oq-qora tasvirlari qabul qilinadi.

10. Grafik redaktorda tuzatish kiritilgan hujjat tasvirlari qabul qilinmaydi.

10. Agar qo‘shimcha grafik belgilarni (masalan, "RoboForex uchun") kiritish zarurati bor bo‘lsa, buni hujjatdan bo‘sh maydonga uni joylashtirib (hujjatning o‘zidagi barcha maʼlumotlar aniq ko‘rinib turishi kerak), qog‘ozning alohida varrag‘ida qilinishi mumkin.


Yo‘riqnomalar

Shaxsiy kabinetda shaklni to‘ldirmasdan mobil telefon yordamida verifikatsiyadan qanday o‘tiladi

Veb-kamera yordamida hujjatni qanday to‘g‘ri fotosuratga olish mumkin

Manzilli verifikatsiyadan o‘tish

Eʼtibor bering, kompaniya qasddan soxta maʼlumotlar taqdim etilishida sizga xizmat ko‘rsatishni rad etish huquqiga ega (Mijoz kelishuvining 2.3-bandi).

 Pasport verifikatsiyasiYig‘ib qo‘yishSMS-verifikatsiya 

SMS-verifikatsiya

SMS-verifikatsiya nima uchun kerak?

SMS-verifikatsiya - o‘z telefoningizni raqamini tasdiqlash. Uning sharofati bilan siz o‘z Shaxsiy kabinetingizda saqlanuvchi maʼlumotlar va mablag‘larning xavfsizligini oshirish imkonini beruvchi bir yoki bir nechta xizmatlarni ulashingiz mumkin.


Xizmatlar

Diqqat! RoboForex mijozlari uchun barcha 3ta xizmatlar mutlaqo bepul hisoblanadi.

  1. SMS-xabarda mablag‘larni yechib olish yoki o‘tkazishga talabnomani tasdiqlash kodini jo‘natilishi.
  2. Shaxsiy kabinetda avtorizatsiyadan o‘tish (kirish) haqida SMS-xabar.
  3. SMS-xabarda jo‘natilgan kod yordamida ShKda avtorizatsiyani tasdiqlash.

Ushbu xizmatlar haqida batafsil bizning saytimizdagi "Ikki bosqichli autentifikatsiya" sahifasida o‘qing.


Yo‘riqnomalar

  1. RoboForex Shaxsiy kabinetiga kiring va menyuda "SMS-verifikatsiya" bandini tanlang.

  2. O‘zingizni mobil telefoningizni raqamini xalqaro formatda ko‘rsating va "Tasdiqlash"ni bosing.

  3. Sizning raqamingizga tasdiqlash kodi yuborilgan bo‘ladi. Olingan tasdiqlash kodini kiriting va "Tasdiqlash"ni bosing.

  4. SMS-verifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng sizda bir yoki bir nechta SMS-xizmatlarni qo‘shimcha ulash imkoni bor. Buning uchun sizni qiziqtiruvchi xizmatlarni belgilang va "Tasdiqlash"ni bosing.

  5. Sizning raqamingizga tasdiqlash kodi yuborilgan bo‘ladi. Olingan tasdiqlash kodini shaklning talab etiluvchi maydoniga kiriting va "Tasdiqlash"ni bosing.

Barcha harakatlarni yakunlagandan keyin tanlangan SMS-xizmatlar sizga ulab beriladi.

SMS-verifikatsiyadan o‘tish

Manzilli verifikatsiyaYig‘ib qo‘yishBank kartasi verifikatsiyasi 

Bank kartasi verifikatsiyasi

Bank kartasi verifikatsiyasi nima uchun kerak?

Agar siz o‘z hisobingizdan bank kartasiga mablag‘larni chiqarish istagida bo‘lsangiz, u holda sizga uning verifikatsiyasi talab etilishi mumkin. Ushbu chora sizning hisobingizdagi mablag‘larning qo‘shimcha xavfsizligini taʼminlash, hamda firibgarlik harakatlarni oldini olish uchun kiritilgan.

Bank kartasi verifikatsiyasi - majburiy bo‘lmagan taomil, biroq mablag‘larni chiqarib olishda kompaniyaning To‘lov bo‘limi tomonidan so‘rab olinishi mumkin. Mablag‘larni yechib olishda vaqtni tejash uchun, biz kartangizni oldindan verifikatsiyadan o‘tkazishingizni tavsiya qilamiz.


Bank kartasi verifikatsiyasidan qanday o‘tish kerak?

Verifikatsiyadan o‘tish taomili juda oddiy - sizga Shaxsiy kabinetdagi maxsus shaklga o‘z kartangizni old va orqa tomonlarini tasvirini yuklash zarur bo‘ladi.

1. Hujjatni raqamlashtirilishini quyidagilarni qo‘llash bilan amalga oshirish mumkin:

  • Skaner
  • Fotoapparat
  • Veb-kamera
  • Mobil telefon

2. Kartaning old tomoni tasviridagi kartaning identifikatsiya raqamini oltita oldingi va to‘rtta oxirgi raqamlar orasida joylashgan barcha raqamlarni yoping yoki ustidan retushlab chiqing.

Misol:

3. Kartaning orqa tomoni tasviridagi CVV/CVC kodni yoping yoki ustidan retushlab chiqing.

Misol:

Bank kartasi verifikatsiyasidan o‘tish

 SMS-verifikatsiyaYig‘ib qo‘yishPasport verifikatsiyasi

Tez-tez beriladigan savollar

Men ro‘yxatda ko‘rsatilmagan hujjat bo‘yicha verifikatsiyadan o‘tishim mumkinmi?

Mumkin, biroq buning uchun sizga kompaniyada verifikatsiyadan o‘tishning maxsus shartlari belgilangan mamlakatning fuqarosi hisoblanishingiz zarur bo‘ladi. Bunday mamlakatlarning ro‘yxati bilan siz quyida tanishishingiz mumkin:

Pasport verifikatsiyasi

Hindiston: Aadhar card, Pan card, Voting card, haydovchilik guvohnomasi.

Meksika: Voting card.

Saudiya Arabistoni: Residence permit.

Shri-Lanka: haydovchilik guvohnomasi (ingliz tilidagi pasport mavjud bo‘lmasligi shartida).

Nigeriya: Voting card + National Identification Number (pasporta yoki ID mavjud bo‘lmasligi holatida).

Manzilli verifikatsiya

Xitoy: haydovchilik guvohnomasi, shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma (orqa va old tomonlarning tasviri).

Bruney, Indoneziya, Malayziya: haydovchilik guvohnomasi, shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma

Verifikatsiyaga talabnoma qancha vaqtda ko‘rib chiqiladi?

Verifikatsiyaning har qanday turiga talabnomangizga (SMSdan tashqari) 2 ish kunigacha ishlov berilishi mumkin. Ko‘rib chiqishning haqiqiy muddati kelib tushgan talabnomalarning soniga bog‘liq bo‘ladi.

Ushbu jarayon maksimal darajada tezroq o‘tishi uchun biz qo‘limizdan kelgan hamma harakatlarni qilamiz. Ko‘pchilik holatlarda sizning maʼlumotlaringiz talabnoma kiritilish kunidayoq verifikatsiyadan o‘tadi.

Agar manzilli verifikatsiya uchun ro‘yxatdagi hujjatlardan biron biri yo‘q bo‘lsa, nima qilish kerak?

Agar sizda zaruriy hujjatlar yo‘q bo‘lsa, ulardan baʼzilarini nisbatan tez va sodda holda olish mumkin. Masalan, sizning bank hisobingizdan ko‘chirma.

Shu bilan birga, hujjatlar ro‘yxatini diqqat bilan o‘rganib chiqishni sizga tavsiya qilamiz - ehtimol, siz o‘zingizda mavjud bo‘lgan aynan o‘sha hujjatni o‘tkazib yuborgandirsiz.

Agar barcha ushbu harakatlardan keyin muammo saqlanib qolayotgan bo‘lsa, kompaniyaning Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Men korporativ hisobni ochishni istayman, menga verifikatsiyadan o‘tish kerakmi?

Korporativ hisoblar uchun bizning kompaniyamizda hisobni ochishning va maʼlumotlarni tasdiqlashning alohida taomili mavjuddir. Ushbu taomil haqidagi maʼlumotlar bizning saytda joylashtirilgan.

Mening verifikatsiyaga talabnomam mana 2 kundan ortiq tekshirilayotgani yo‘q. Nima uchun?

Ehtimol, muammo shundaki, uni kiritishda siz o‘z hujjatlaringizni tasvirlarini noto‘g‘ri yuklagandirsiz (masalan, skrinshotlar boshqa formatga ega yoki juda katta o‘lchamga ega). Xususan, ular kompaniya xodimlari tomonidan olinmagan bo‘lishi ham mumkin.

Hujjatlarni yuborish shaklini yana bir marta tekshiring: agar talabnomangizni maqomi (shaklning tepa qismida) "Verifikatsiya qilinishini kutmoqda"ga o‘zgarmagan bo‘lsa, uni qayta berishga urinib ko‘ring.

Shuningdek, verifikatsiyada pochta orqali xabarnoma yuborish orqali rad javobi berilgan bo‘lishi mumkin. O‘z pochta qutingizni, jumladan "Spam" papkasini tekshiring.

Agar barcha ushbu harakatlardan keyin muammo saqlanib qolayotgan bo‘lsa, kompaniyaning Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Men Shaxsiy kabinetdagi shaklni qo‘llamasdan hujjatlarni jo‘natishim mumkinmi?

Ha, buning manzilli va pasport verifikatsiyasidan o‘tishda imkoni bor. ShKdagi standart shakldan o‘tib, hujjatlarni jo‘natish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma bizning yo‘riqnomadan o‘qishingiz mumkin.

So‘ralayotgan maʼlumotlar ishonchli joyda saqlanadi, uchinchi shaxslarga uzatilmaydi va sizga qarshi qo‘llanilmaydi - sizning shaxsiyatingizni tasdiqlanishi faqat bizning faoliyatni tartiblashtiruvchi organlar taqdim etuvchi talablarga muvofiq bo‘lishi uchun zarurdir.